NOVOSIBIRSK, 24-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari ko'magida Rossiyaning Sibir federal okrugi hududida og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan yana bir yurtdoshimiz oilasi bag'riga qaytdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi xodimlari va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda A.I.ning yurtimizga qaytishi uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Bosh konsulxona binosida yurtdoshimiz bilan suhbat o'tkazildi. Unda xorijiy fuqarolarning Rossiyada bo'lish tartibi va shartlari, shuningdek, ushbu mamlakatda vatandoshlarning xavfsiz mehnat faoliyatini ta'minlash bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar haqida so'zlab berildi.
Yurtdoshimiz 21-dekabr kuni Toshkentga kuzatib qo'yildi.